"Barqaror taraqqiyot va zamonaviy ilm-fan: tadqiqotlar, texnologiyalar va innovatsiyalar" ilmiy konferensiyasi haqida
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar, magistrantlar, doktarantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati (O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining 1805161-sonli Guvohnomasi, ISSN 3093-9526, www.sciencehubreview.uz veb-sayti) tomonidan “Barqaror taraqqiyot va zamonaviy ilm-fan: tadqiqotlar, texnologiyalar va innovatsiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya materiallari tahrir qilinib, alohida to‘plam sifatida elektron shaklda nashr etiladi va konferensiya veb-sayti hamda ilmiy bazalarda har bir maqola alohida joylashtiriladi.
Konferensiya ma'lumotlari
Konferensiyaning asosiy yo'nalishlari
Ilmiy yondashuvlar va fundamental fanlar
Fizika, matematika, kimyo, biologiya va fundamental fan sohalaridagi eng so'nggi ilmiy yondashuvlar hamda nazariy ishlanmalar.
Innovatsiyalar va texnologiyalar
Axborot texnologiyalari, dasturiy yechimlar, sun'iy intellekt, muhandislik va zamonaviy texnologik innovatsiyalar.
Amaliy natijalar va iqtisodiyot
Iqtisodiy islohotlar, moliya, biznes boshqaruvi va amaliyotga tatbiq etilgan ilmiy natijalar.
Yangi avlod va yosh olimlar minbari
Talabalar, magistrlar va yosh tadqiqotchilarning istiqbolli ilmiy loyihalari hamda g'oyalari.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar va ta'lim
Pedagogika, psixologiya, filologiya, tarix, falsafa va zamonaviy ta'lim metodikalari.
Tibbiyot va salomatlik
Klinik tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar, jamoat salomatligi va innovatsion profilaktika usullari.
Taqriz jarayoni
Barcha maqolalar ikki tomonlama taqrizdan (double-blind peer review) o'tkaziladi
1. Maqola yuborilishi
Muallif maqolani online tizim yoki Telegram orqali yuboradi. Tahririyat maqolaning texnik talablarga muvofiqligini tekshiradi (1-3 kun).
2. Dastlabki baholash
Tahririyat maqolaning konferensiyaning maqsad va yo'nalishlariga muvofiqligini baholaydi. Mos kelgan maqolalar taqrizga yo'naltiriladi (3-5 kun).
3. Ikki tomonlama yashirin taqriz
Maqola kamida 2 nafar mustaqil taqrizchiga yuboriladi. Taqrizchilar maqolaning ilmiy sifati, originallligi va ahamiyatini baholaydi.
4. Qaror qabul qilish
Taqriz natijalariga asosan qaror qabul qilinadi: qabul qilish, tuzatish talab qilish yoki rad etish. Muallifga natijalar xabar qilinadi.
5. Nashr etish
Qabul qilingan maqolalar tahrir, sahifalash va DOI tayinlash jarayonlaridan o'tadi. Maqola to'plamda nashr etiladi.
Etik tamoyillar va siyosat
Plagiatga qarshi siyosat
Barcha maqolalar plagiat tekshiruvidan o'tkaziladi. Plagiat darajasi 20% dan oshmasligi kerak.
Ochiq kirish siyosati
Konferensiya ochiq kirish (Open Access) tamoyiliga amal qiladi. Barcha maqolalar CC BY 4.0 litsenziyasi ostida nashr etiladi.
Mualliflik huquqi
Mualliflar o'z ishlarining mualliflik huquqini saqlab qoladi. Konferensiya materiallarni tarqatish huquqiga ega bo'ladi.
AI siyosati
Sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish oshkoralik bilan qabul qilinadi. Mualliflar AI dan foydalanish haqida ma'lumot berishlari shart.
Maqola yuborish qo'llanmasi
Umumiy talablar
• Maqola hajmi: 3-10 sahifa (oraliq 1.5, Times New Roman, 14 pt)
• Til: O'zbek, Rus yoki Ingliz tillarida
• Annotatsiya: 150-300 so'z (3 tilda taqdim etilishi kerak)
• Kalit so'zlar: 5-8 ta
• Adabiyotlar: kamida 10 ta manba
• DOI raqami: Imkon qadar barcha manbalarga DOI qo'shilishi kerak
• ORCID: Barcha mualliflarning ORCID identifikatori tavsiya etiladi
Maxfiylik bayonoti
Saytda kiritilgan ismlar va elektron pochta manzillari faqat konferensiyaning belgilangan maqsadlarida foydalaniladi va boshqa maqsadlar yoki uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi.
Arxivlash va saqlash siyosati
Uzoq muddatli saqlash
Barcha nashr etilgan materiallar xalqaro ilmiy repozitoriy va arxivlash tizimlarida saqlanadi. Bu materiallarning uzoq muddatli mavjudligini ta'minlaydi.