"Fan, ta’lim va innovatsiyalar uyg‘unligi: yangi imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollari" ilmiy konferensiyasi haqida
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar, magistrantlar, doktarantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati (O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining 1805161-sonli Guvohnomasi, ISSN 3093-9526, www.sciencehubreview.uz veb-sayti) tomonidan “Fan, ta’lim va innovatsiyalar uyg‘unligi: yangi imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya materiallari tahrir qilinib, alohida to‘plam sifatida elektron shaklda nashr etiladi va konferensiya veb-sayti hamda ilmiy bazalarda har bir maqola alohida joylashtiriladi.
📋 Konferensiya ma'lumotlari
Konferensiyaning asosiy maqsadi
Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, yosh olimlar va talabalarning ilmiy g‘oyalarini amaliyotga yo‘naltirishdan iborat.
Konferensiya sho'balari
1. Fan va ilg‘or texnologiyalar
Aniq va tabiiy fanlar, fizika, kimyo, biologiya va nanotexnologiyalar tadqiqotlari.
2. Zamonaviy ta'lim metodikasi va pedagogika
Raqamli ta'lim vositalari, masofaviy o'qitish va innovatsion ta'lim texnologiyalari.
3. Axborot texnologiyalari va dasturiy yechimlar
Sun'iy intellekt, axborot xavfsizligi, ma'lumotlar tahlili va avtomatlashtirish.
4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tilshunoslik
Filologiya, tarix, falsafa, psixologiya va ijtimoiy tadqiqotlar.
5. Tibbiyot, biotexnologiya va salomatlik
Klinik va profilaktik tibbiyot, farmatsevtika va ekologik barqarorlik.
6. Iqtisodiyot, menejment va biznes innovatsiyalari
Innovatsion iqtisodiyot, moliya, investitsiyalar va boshqaruv istiqbollari.
Maqola va tezislarni rasmiylashtirish talablari
- Matn muharriri: Microsoft Word (Times New Roman, 14 pt, 1.5 interval).
- Hoshiyalar (polyalar): Yuqoridan va pastdan — 2 sm, chapdan — 3 sm, o'ngdan — 1.5 sm.
- Hajmi: 3 betdan 10 betgacha.
- Tuzilishi: Maqola nomi, muallif(lar) F.I.Sh., ilmiy darajasi va ish joyi, annotatsiya va kalit so'zlar (o'zbek, rus, ingliz tillarida), asosiy matn va adabiyotlar ro'yxati.