"Innovatsion taraqqiyot va ilmiy tadqiqotlar: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar" ilmiy konferensiyasi haqida

“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar, magistrantlar, doktarantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati (O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining 1805161-sonli Guvohnomasi, ISSN 3093-9526, www.sciencehubreview.uz veb-sayti) tomonidan “Innovatsion taraqqiyot va ilmiy tadqiqotlar: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya materiallari tahrir qilinib, alohida to‘plam sifatida elektron shaklda nashr etiladi va konferensiya veb-sayti hamda ilmiy bazalarda har bir maqola alohida joylashtiriladi.

📋 Konferensiya ma'lumotlari

Tashkilotchi: “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati
Guvohnoma: № 1805161
ISSN: 3093-9526
Konferensiya sanasi: 2026-yil 28–29 aprel
Manzil: Toshkent shahri, O'zbekiston
Nashr tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari
Nashr turi: Respublika ilmiy konferensiyasi to'plami
Maqolalarni qabul qilish: har oyning 25-sanasiga qadar

Konferensiyaning asosiy maqsadi

Innovatsion taraqqiyot va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish, sun'iy intellekt, yashil iqtisodiyot va biotexnologiyalar kabi ilg'or sohalardagi ilmiy natijalarni keng yoritishdan iborat.

Konferensiya sho'balari

1. Innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar

Sun'iy intellekt, IT arxitektura, kiberxavfsizlik va raqamlashtirish yechimlari.

2. Fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar

Fizika-matematika, kimyo, biologiya va texnika fanlari tadqiqotlari.

3. Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish

Ekologik toza texnologiyalar, muqobil energetika va iqtisodiy modernizatsiya.

4. Biotexnologiyalar va tibbiyot innovatsiyalari

Zamonaviy farmatsevtika, biotibbiyot, sog'liqni saqlash va profilaktika.

5. Zamonaviy pedagogika va ta'lim istiqbollari

Kreativ ta'lim uslublari, STEAM dasturlari va pedagogik innovatsiyalar.

6. Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jamiyat taraqqiyoti

Falsafa, tilshunoslik, sotsiologiya, huquqshunoslik va milliy meros.

Maqola va tezislarni rasmiylashtirish talablari

  • Matn muharriri: Microsoft Word (Times New Roman, 14 pt, 1.5 interval).
  • Hoshiyalar (polyalar): Yuqoridan va pastdan — 2 sm, chapdan — 3 sm, o'ngdan — 1.5 sm.
  • Hajmi: 3 betdan 10 betgacha.
  • Tuzilishi: Maqola nomi, muallif(lar) F.I.Sh., ilmiy darajasi va ish joyi, annotatsiya va kalit so'zlar (o'zbek, rus, ingliz tillarida), asosiy matn va adabiyotlar ro'yxati.