"Ilm-fan va ta’limning yangi ufqlari: zamonaviy yondashuvlar, tadqiqotlar va innovatsiyalar" ilmiy konferensiyasi haqida
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalar, magistrantlar, doktarantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida “Science Hub Review” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati (O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining 1805161-sonli Guvohnomasi, ISSN 3093-9526, www.sciencehubreview.uz veb-sayti) tomonidan “Ilm-fan va ta’limning yangi ufqlari: zamonaviy yondashuvlar, tadqiqotlar va innovatsiyalar” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya materiallari tahrir qilinib, alohida to‘plam sifatida elektron shaklda nashr etiladi va konferensiya veb-sayti hamda ilmiy bazalarda har bir maqola alohida joylashtiriladi.
📋 Konferensiya ma'lumotlari
Konferensiyaning asosiy maqsadi
Konferensiyaning asosiy maqsadi — professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilarning ilmiy natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish, fan va ta'lim integratsiyasini mustahkamlash hamda innovatsion g'oyalarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Konferensiya sho'balari
1. Pedagogika va zamonaviy ta'lim
Ta'lim metodikasi, innovatsion pedagogik texnologiyalar va raqamli ta'lim muhiti.
2. Aniq va tabiiy fanlar
Matematika, fizika, kimyo, biologiya va geografiya sohasidagi fundamental tadqiqotlar.
3. Axborot texnologiyalari va muhandislik
Sun'iy intellekt, dasturiy ta'minot, avtomatlashtirish va kibermakon xavfsizligi.
4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Filologiya, tarix, falsafa, sotsiologiya va huquqshunoslik masalalari.