"International Scientific Journal of Current Issues of Economics, Finance and Innovative Development" ilmiy-elektron jurnali haqida
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot, moliya, ilm-fan, ta’lim va innovatsion rivojlanish sohalarini takomillashtirishga qaratilgan tegishli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, iqtisodiyot va moliya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish maqsadida ta’sis etilgan “International Scientific Journal of Current Issues of Economics, Finance and Innovative Development” ilmiy-elektron jurnalining navbatdagi soni uchun ilmiy maqolalar qabuli e’lon qilinadi.
“International Scientific Journal of Current Issues of Economics, Finance and Innovative Development” — iqtisodiyot, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi, audit, soliq, davlat moliyasi, investitsiyalar, tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, moliyaviy texnologiyalar, innovatsion rivojlanish, xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda boshqa turdosh iqtisodiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini yoritishga ixtisoslashgan ilmiy-elektron nashrdir.
Jurnal zamonaviy iqtisodiyot va moliya tizimining dolzarb muammolari, yangi ilmiy natijalar, nazariy va amaliy tadqiqotlar, innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiy jarayonlarni takomillashtirish hamda moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish masalalarini yoritishga alohida e’tibor qaratadi.
“International Scientific Journal of Current Issues of Economics, Finance and Innovative Development” jurnali “Science Hub Review” MCHJ tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining _______-sonli Guvohnomasi asosida faoliyat yuritadi.
📋 Nashr ma’lumotlari
Jurnalning asosiy maqsadi
Jurnalning asosiy maqsadi — iqtisodiyot, moliya va innovatsion rivojlanish sohalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish, ilmiy fikr va tajriba almashinuvini rivojlantirish, zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish hamda innovatsion g‘oyalar va ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
“International Scientific Journal of Current Issues of Economics, Finance and Innovative Development” jurnalining navbatdagi soniga iqtisodiyot, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi, audit, soliq, davlat moliyasi, investitsiya, tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, FinTech, innovatsion rivojlanish va boshqa turdosh yo‘nalishlardagi ilmiy maqolalar, tahliliy materiallar, nazariy va amaliy tadqiqotlar, ilmiy-tadqiqot natijalari hamda zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar qabul qilinadi.
Jurnal iqtisodiyot va moliya sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalarini muntazam ravishda e’lon qilish, yosh olimlar va tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy iqtisodiy va innovatsion jarayonlar bo‘yicha ilmiy almashinuvni kengaytirishga xizmat qiladi.
Jurnalning asosiy yo'nalishlari
Iqtisodiyot nazariyasi va amaliyoti
Makroiqtisodiy barqarorlik, tarmoqlar iqtisodiyoti, sanoat va agrobiznes iqtisodiyoti, mehnat bozori va inson kapitali tahlili.
Moliya, bank va soliq tizimi
Davlat moliyasi, bank tizimi barqarorligi, monetar siyosat, korporativ moliya, sug‘urta faoliyati va soliq islohotlari.
Innovatsion boshqaruv va raqamli iqtisodiyot
Raqamli platformalar, FinTech, sun'iy intellektning moliya va boshqaruvdagi o‘rni, startap ekotizimi va venchur moliyalashtirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va barqaror o‘sish
Yashil iqtisodiyot, ESG mezonlari, energiya samaradorligi, barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va resurslar samaradorligi.
Global bozorlar va xalqaro moliya
Xalqaro savdo, investitsion oqimlar, xorijiy investitsiyalar jalb etish, valyuta bozorlari va global iqtisodiy integratsiya.
Buxgalteriya hisobi, audit va tahlil
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS), audit nazorati, risklarni boshqarish va moliyaviy tahlil usullari.
Taqriz jarayoni
Barcha maqolalar ikki tomonlama yashirin taqrizdan (double-blind peer review) o'tkaziladi
1. Maqola yuborilishi
Muallif maqolani online platforma orqali yuboradi. Tahririyat texnik talablarni tekshiradi (1-3 kun).
2. Dastlabki baholash
Bosh muharrir va tahririyat maqolaning dolzarbligi va yo'nalishiga muvofiqligini baholaydi (3-5 kun).
3. Yashirin taqriz
Iqtisodiyot va moliya sohasidagi nufuzli soha mutaxassislari tomonidan ilmiy tahlil o‘tkaziladi (14-21 kun).
4. Qaror qabul qilish
Taqriz natijalariga asosan nashrga qabul qilish yoki qayta ishlash xulosasi beriladi.
5. Nashr etish va DOI
Qabul qilingan maqolaga rasmiy DOI tayinlanadi va jurnalning navbatdagi sonida chop etiladi.
Etik tamoyillar va siyosat
Plagiatga qarshi siyosat
Barcha materiallar xalqaro antiplagiat tizimlarida tekshiriladi. Originallik darajasi kamida 80% bo‘lishi shart.
Ochiq kirish siyosati
Jurnal Open Access tamoyili ostida faoliyat yuritadi. Barcha maqolalar CC BY 4.0 litsenziyasi bilan taqdim etiladi.
Mualliflik huquqi
Mualliflar o‘z ishlarining to‘liq mualliflik huquqini saqlab qoladilar.
AI siyosati
Sun'iy intellekt vositalaridan foydalanilgan hollarda bu haqda maqola metodologiyasida aniq ko‘rsatilishi talab etiladi.
Maqola yuborish talablari
Umumiy talablar
• Maqola hajmi: 8-25 sahifa (oraliq 1.5, Times New Roman, 14 pt)
• Til: O'zbek, Rus yoki Ingliz tillarida
• Annotatsiya: 150-300 so'z (3 tilda taqdim etilishi kerak)
• Kalit so'zlar: 5-8 ta
• Adabiyotlar: kamida 15 ta nufuzli iqtisodiy manba (oxirgi 5 yillik)
• DOI va ORCID identifikatorlari kiritilishi lozim
Muallif to'lovlari
Maqolani nashr etish to'lovi — 300,000 so'm (yoki 25 USD).
To'lov faqat maqola taqrizdan o‘tib, qabul qilingandan so'ng amalga oshiriladi.
Imtiyozlar:
• Yosh olimlar, doktorant va magistrantlar uchun 50% gacha chegirmalar mavjud.
Arxivlash va saqlash siyosati
Uzoq muddatli saqlash
Barcha nashr etilgan materiallar Zenodo, CrossRef, DOAJ va boshqa xalqaro depozitariylarda doimiy saqlanadi.