"Ilm Sinergiyasi" Ilmiy-Amaliy Elektron Jurnali Haqida
«Fan – taraqqiyotga, sinergiya – yutuqqa!»
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ta’sis etilgan “Ilm sinergiyasi” ilmiy-elektron jurnalining navbatdagi soni uchun ilmiy maqolalar qabuli e’lon qilinadi.
“Ilm sinergiyasi” — fan, ta’lim, innovatsiya, iqtisodiyot, texnika, axborot texnologiyalari, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda boshqa ilmiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini yoritishga ixtisoslashgan ilmiy-elektron nashrdir.
Jurnal “Science Hub Review” MCHJ tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining 1826916-sonli Guvohnomasi asosida faoliyat yuritadi.
📋 Nashr ma'lumotlari
🎯 Jurnalning asosiy maqsadi
Jurnalning asosiy maqsadi — professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijalarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish, ilmiy fikr va tajriba almashinuvini rivojlantirish hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb tadqiqotlarni ommalashtirishdan iborat.
“Ilm sinergiyasi” jurnalining navbatdagi soniga ilmiy maqolalar, tahliliy materiallar, ilmiy-tadqiqot natijalari va zamonaviy ilm-fanning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar qabul qilinadi.
Jurnal yo'nalishlari
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Pedagogika, psixologiya, iqtisodiyot, yurisprudensiya, tarix, falsafa va filologiya masalalari.
Aniq va tabiiy fanlar
Matematika, amaliy mexanika, nazariy va eksperimental fizika, kimyo, biologiya va geografiya.
Texnika fanlari
Axborot texnologiyalari va dasturlash, energetika, mashinasozlik, transport va materialshunoslik.
Tibbiyot va farmatsevtika
Nazariy va amaliy tibbiyot, jamoat salomatligi, farmakologiya va biotibbiyot texnologiyalari.
Qishloq xo'jaligi va veterinariya
Agronomiya, tuproqshunoslik, o‘simliklar himoyasi, chorvachilik, veterinariya va seleksiya.
Maqola topshirish tartibi va talablari
- Maqola hajmi: 5 betdan 15 betgacha (A4 formati, 1.5 interval, Times New Roman, 14 pt).
- Maqolada UDK, maqola nomi, muallif(lar) F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, email va telefon raqami ko'rsatilishi lozim.
- Annotatsiya va kalit so'zlar 3 tilda (o'zbek, rus, ingliz) bo'lishi shart.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati (kamida 8-10 ta manba) keltirilishi shart.
- Plagiat (o'zlashtirish) darajasi 80% dan yuqori bo'lgan original maqolalar qabul qilinadi.